Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o`rtasida futzal bo`yicha mamlakat chempionatining ikkinchi tur o`yinlariga start berildi.
Xabaringiz bor, joriy yilgi chempionatda beshta jamoa ishtirok etmoqda. Har yilgidek, bu yil ham bosh sovringa asosan “Sevinch” va “Metallurg” jamoalari da`vogarlik qilishmoqda. Mazkur jamoalarning birinchi turdagi o`zaro uchrashuvida qarshiliklar yirik hisobda g`alaba qozonishgandi.
Bugun boshlangan ikkinchi turning dastlabki o`yinida “Sevinch” “Paxtakor” jamoasini yirik – 16:0 hisobida enggan bo`lsa, ikkinchi o`yinda “Metallurg” AGMK darvozasiga javobsiz 27ta gol kiritishga erishdi. Bekobodliklar sardori, bugun o`zining tug`ilgan kunini nishonlayotgan Maxliyo Sariqova uchrashuvning 19-soniyasidayoq gol urishga muvaffaq bo`ldi...
2-tur uchrashuvlari taqvimi:
3 mart
“Sevinch” – “Paxtakor” – 16:0
“Metallurg” – AGMK – 27:0
4 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg”
AGMK – “Sevinch”
5 mart
“Lokmotiv” – “Sevinch”
“Paxtakor” AGMK
6 mart
“Metallurg” – “Sevinch”
“Lokomotiv” “Paxtakor”
7 mart
“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” - AGMK