O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan 2018 yilgi mavsumda Superliga o`yinlari mavqeini yanada yaxshilash, stadionlarga muxlislar tashrifini ko`paytirish maqsadida yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Bunga ko`ra, joriy mavsumda yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi balli tizim asosida aniqlanib boriladi. G`oliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga e`tibor beriladi:
1.Har bir turda stadionlarga muxlislarning eng ko`p tashrif buyurishi – 15 ball;
2.O`yin vaqtida stadionda muxlislar intizomi holati – 10 ball;
3.Muxlislarning jamoalarini qo`llab-quvvatlashdan tashqari o`zlarining tashqi ko`rinishi, qo`llab-quvvatlovchi moslamalari – bannerlar, bayroqlar, do`mbira-yu karnay-surnaylar... kabi zarur vositalar bilan ta`minlanganlik holati - 10 ball.
Mazkur mezonlar asosida har bir turda muxlislar jamoasi belgilangan ballik tizim asosida baholanib boriladi. Yakunda g`olib va sovrindor bo`lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi.