"Andijon" mavsumni muvaffaqiyat bilan boshladi

02.03.2018

 

Andijon viloyatida bir haftadan ziyod davom etgan “Viloyat hokimi kubogi-2018” turniri kecha nihoyasiga etdi.

12ta jamoa uch guruhda kurash olib borgan musobaqaning yarim finalida “VBO`FM” hamda “O`zTongXongKo” jamoalarini enga olgan “Andijon” va “Iftixor” jamoalari hal qiluvchi bahsda o`zaro kuch sinashishdi. Murosasiz kurashlar ostida o`tgan bahsda “Andijon” jamoasi Davron Isoqov goli evaziga 1:0 hisobida g`alaba qozonib, ketma-ket ikkinchi bor “Viloyat hokimi kubogi”ni qo`lga kiritdi.

Final o`yinida jamoalar sharafini quyidagi futbolchilar himoya qilishdi:

“Andijon”: Javohir Qilichev, Siroj Hamroev, Qahramon Muhammadjonov, Xushnud Avilov, Ibrohim Otaxonov, Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliev (Ma`ruf Zokirjonov), Kenja To`raev (Obid Hakimov), Shaxboz Jumaboev, Sunnat Abdullajonov, Davron Isoqov.

“Iftixor”: Ilhom Jumanov, Hasanboy Ergashev, Tursunboy Husanov, Muhiddin Yusupov, Asror Tilavoldiev, Renat Muxametshin, Said Abdujabborov, Orif Mamajonov, Umid Matmusaev (Jasur Quvataliev), Asad Ma`murov (Rafa Luka), Oyatillo Muhiddinov.

 

G`olib va sovrindor jamoalar qimmatbaho esdalik sovg`alari va “Hokim Kubogi” bilan taqdirlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib