Bir necha daqiqa oldin Andijon shahridagi Bo`ston va Sho`rbuloq dahasida joylashgan futbol maktablari maydonlarida davom etayotgan viloyat hokimi sovrini uchun an`anaviy “Hokim Kubogi-2018” musobaqasining guruh o`yinlari nihoyasiga etdi.
Turnirda Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari sharafini mamlakat chempionati Pro-liga o`yinlarida himoya qiluvchi jamoalardan tashqari, viloyat ikkinchi ligasida qatnashayotgan jamoalar va futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining yosh futbolchilari ishtirok etayotganligi, jami 12ta jamoa 4tadan uch guruhga bo`lingan xolda, g`oliblik uchun kurashga kirishganligini yozgan edik.
“A” guruhida “Yozyovon” (Farg`ona), “Norin” (Namangan), “Andijon”, “Shahrixon”., “V” guruhida “O`zTongXongKo”, “Andijon-2000” (“Andijon farm klubi), FIMI (Sho`rbuloq dahasidagi Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati), AVFIMI (Andijon viloyat futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati) hamda “S” guruhida “Toshloq” (Farg`ona), “Iftixor” (O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi), “Asaka”, VBO`FM (“Andijon” klubi tasarrufidagi Viloyat bolalar va o`smirlar futbol maktabi) jamoalari o`zaro kuch sinashishdi.
Qiziqarli kechgan bahslardan so`ng guruh g`oliblar – “Andijon”, “O`zTongXongKo”, “Iftixor” hamda guruhlarda eng yaxshi ikkinchi natijani qayd etgan VBO`SM jamoalari yarim finalga yo`llanma oldi.
Shunday qilib, ertaga bo`lib o`tadigan yarim final o`yinlarida quyidagi jamoalar maydonga tushishadi:
“Andijon” – VBO`SM
“Iftixor” – “O`zTongXongKo”
Final uchrashuvi 1 martga belgilangan.