“Lokomotiv” yangi titul homiyga ega bo`ldi

27.02.2018

“Lokomotiv” yangi titul homiyga ega bo`ldi

 

Yildan-yilga klub infratuzilmasini yaxshilab borayotgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o`z rivojlanish tarixida yana bir yangi qadam tashlash arafasida turibdi. Endi “Lokomotiv” jamoasi o`zaro hamkorlik kelishuvi asosida yangi titul homiy bilan hamkorlik qiladi.

 

Yurtimizda o`z o`rniga ega sanaladigan banklardan biri – “Orient Finans Bank” muvaffaqiyatli yakunlangan muzokaralar jarayonidan so`ng “Lokomotiv” jamoasining yangi titul homiysiga aylandi. Shu tariqa 2018 yilgi mavsumda amaldagi O`zbekiston chempioni “Orient Finans Bank” yozuvi tushirilgan liboslarda maydonga chiqadi.

 

 

“Lokomotiv” professional futbol klubining bosh homiysi – “O`zbekiston temir yo`llari” AJ sanaladi va shu paytga qadar jamoa aynan bosh homiy yozuvi tushirilgan formalarda o`ynar edi. Imzolangan ikki tomonlama o`zaro foydali shartnomaga ko`ra esa endi “Lokomotiv” jamoasi libosida yangi titul homiy - “Orient Finans Bank” logotipi o`rin oladi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib