Ayollar futboli va futzal bo`yicha Oliy liga vakillari nomi ma`lum bo`ldi

27.02.2018

Ayollar futboli va futzal bo`yicha Oliy liga vakillari nomi ma`lum bo`ldi

 

Mavsum boshlanishiga atigi ikki kun qoldi. Bahorning birinchi kunida yangi, islohot qilingan, o`zgacha ko`rinishdagi mavsum start oladi. Superliganing 12ta jamoasi g`oliblik uchun bahsga kirishadi.

Ertaga, 28 fevralda esa Superligadan keyingi mavqeda turuvchi Pro-liga, shu bilan birga ayollar va futzal bo`yicha mamlakat chempionatining navbatdagi mavsumiga, shuningdek, O`zbekiston Kubogiga qur`a tashlanadi. O`zbekiston futbol federatsiyasi hamda O`zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan tashkil etilgan maxsus ishchi guruhning futbol klublari va uning infratuzilmasida belgilangan talablarning bajarilishi yuzasidan o`rganish xulosasiga ko`ra qabul qilingan O`zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya qo`mitasi Byurosining 2018 yil 26 fevraldagi 9-son qaroriga binoan quyidagi ayollar va futzal jamoalari mamlakat chempionatining Oliy ligasida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritishdi. Bular,

 

Ayollar jamoalari:

1.”Sevinch” (Qarshi)

2.”Metallurg” (Bekobod)

3.”Bunyodkor” (Toshkent)

4.”Paxtakor” (Toshkent)

5.”Navbahor” (Namangan)

6.”Buxoro” (Buxoro)

7.”Qo`qon-1912” (Qo`qon)

8.AGMK (Olmaliq)

9.”Lokomotiv” (Toshkent)

10.”Qizilqum Guli” (Navoiy)

11.”So`g`diyona” (Jizzax)

12.”Neftchi” (Farg`ona)

13.”Andijanka” (Andijon)

14.”Sho`rtan” (G`uzor).

 

Futzal jamoalari:

1.”Lokomotiv” (Toshkent)

2.”Bunyodkor” (Toshkent)

3.”Paxtakor” (Toshkent)

4.”Nasaf” (Qarshi)

5.“Navbahor” (Namangan)

6.”So`g`diyona” (Jizzax)

7.AGMK (Olmaliq)

8.”Buxoro” (Buxoro)

9.”Metallurg” (Bekobod)

10.”Qizilqum” (Navoiy)

11.”Qo`qon-1912” (Qo`qon)

12.”Neftchi” (Farg`ona).

 

Avval xabar berganimizdek, Pro-liga, ayollar va futzal jamoalari o`rtasidagi mamlakat chempionatlariga, shuningdek, O`zbekiston Kubogiga 28 fevral, chorshanba kuni O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib