O`FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

26.02.2018

O`FAda Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasida Superliga klublari bosh direktorlari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi. Yig`ilishda O`FA va PFL mutassaddilari va mas`ul xodimlari ishtirok etdi.

 

Kun tartibidagi asosiy masala 1 mart kuni boshlanadigan Superliga uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish, stadionlarda futbol bayrami muhitini yaratish, bu borada klublar oldiga qo`yilayotgan talablarning bajarilishi qay tartibda ketayotganini nazorat qilishdan iborat bo`ldi.

 

Jumladan, Superliga musobaqasi o`z nomiga yarasha bo`lishi uchun tashkiliy jihatdan barcha masalalar o`z vaqtida talabga javob beradigan tarzda bajarilishi kerakligi ta`kidlandi.

 

Buning uchun stadionlardagi sharoitlar muxlislar uchun qulay bo`lishi, stadionga kirish, uchrashuvni tomosha qilish va stadiondan chiqishda ishqibozlar muammolarga duch kelmasligi kerakligi, o`yinlar boshlanishidan oldin turli kontsert dasturlarini tashkil etish, muxlislarga sovg`alar ulashish, oilaviy sektorlarni barpo qilish, taom va ichimlik sotiladigan nuqtalar, klub atributikalari savdosini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, hakamlik masalasiga ham alohida to`xtalib, joriy mavsumda Superliga uchrashuvlaridagi hakamlik yuqori saviyada bo`lishini ta`minlash uchun O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonida katta hajmdagi ishlar olib borilayotgani, o`z o`rnida klublar ham hakamlarga bo`lgan hurmatni saqlab, ular o`yinlarni yuqori saviyada boshqarishlari uchun barcha qulayliklarni ta`minlashlari, hakamlarga chetdan bosim o`tkazish, ularning ishiga aralashish kabi holatlarga yo`l qo`yilmasligi kerakligi ta`kidlandi.

 

Bundan tashqari, stadiondagi muxlislik madaniyatini oshirish kerakligi, jo`r bo`lib hakam va raqib futbolchilarini so`kish, haqoratlash kabi salbiy holatlarning oldini olish zarurligi ham alohida qayd etib o`tildi.  

 

 

O`z o`rnida Superliga klublari bosh direktorlari ham uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish va o`tkazish borasida olib borilayotgan ishlar bo`yicha hisobot berdilar va tegishli masalalar bo`yicha ko`rsatmalar oldilar.

cola
apex
mib
mib
mib
mib