Superliga masalasi hal bo`lgach, barchaning e`tibori avvalgi Oliy liga maqomini beruvchi Pro-liga jamoalari va ular o`rtasidagi mamlakat chempionatining qur`asiga qaratilganligi rost. Pro-liga ishtirokchilari nomini aniqlash ham oson kechmadi. Sababi, musobaqada qatnashish istagini bildirgan jamoalar ko`pchilikni tashkil etgandi. Biroq O`zbekiston futbol federatsiyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh masalani obdon o`rgangach, O`zPFL va uning Reglamentiga javob bera oluvchi jamoalarni aniqladi.
E`lon qilingan 16 ta Pro-liga jamoalari hamda ayollar va futzal klublari o`rtasida o`tkaziladigan mamlakat chempionatiga 28 fevral, chorashanba kuni, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi binosida, soat 11.00da qur`a tashlanadi.
Qur`a tashlash marosimiga barcha turdagi OAV xodimlari taklif etiladi.