Andijonda “Hokim Kubogi-2018” turniri boshlandi

22.02.2018

Andijonda “Hokim Kubogi-2018” turniri boshlandi

 

Ayni daqiqalarda Andijon shahridagi Bo`ston va Sho`rbuloq dahasida joylashgan futbol maktablari maydonlarida viloyat hokimi sovrini uchun an`anaviy “Hokim Kubogi-2018” musobaqasi boshlandi.

 

Vodiyda azal-azaldan “Farg`ona viloyat hokimi Kubogi” musobaqasi o`tkazilar, unda vodiy jamoalaridan tashqari poytaxt va boshqa viloyat, hattoki qo`shni davlatlar vakillari ham ishtirok etib, yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini olib borishardi. Bir necha yildirki Andijon viloyatida tashkil etilgan shu maqomdagi turnir ham yil sayin nufuz orttirmoqda.

 

 

Bugun start olgan turnirda Pro-liga vakillaridan tashqari, viloyat ikkinchi ligasida qatnashayotgan jamoalar va futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining yosh futbolchilari ishtirok etmoqda. Jami 12ta jamoa 4tadan uch guruhga bo`lingan xolda, g`oliblik uchun kurashga kirishgan. Musobaqa 1 martga qadar belgilangan, final o`yini aynan shu kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.   

     

Ma`lumot uchun, o`tgan yili bosh sovrinni «Andijon» yoshlar jamoasi qo`lga kiritgandi.

Jamoalar qur`aga ko`ra guruhlarga quyidagicha taqsimlandi:

 

“A” guruhi: “Yozyovon” (Farg`ona), “Norin” (Namangan), “Andijon”, “Shahrixon”.

 

“V” guruhi: “O`zTongXongKo”, “Andijon-2000” (“Andijon farm klubi), FIMI (Sho`rbuloq dahasidagi Andijon shahar futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati), AVFIMI (Andijon viloyat futbolga ixtisoslashtirilgan maktab internati).

 

“S” guruhi: “Toshloq” (Farg`ona), “Iftixor” (Oltiariq, Farg`ona), “Asaka”, VBO`FM (“Andijon” klubi tasarrufidagi Viloyat bolalar va o`smirlar futbol maktabi).

 

Musobaqa taqvimi:

22 fevral

“Yozyovon” – “Shahrixon”

“Norin” – “Andijon”

“O`zTongXongKo” – “Andijon-2000”

FIMI – AVFIMI

23 fevral

“Toshloq” – “Iftixor”

“Asaka” – VBO`FM

24 fevral

“Shahrixon” – “Andijon”

“Yozyovon” – “Norin”

“Andijon-2000” – FIMI

AVFIMI – “O`zTongXongKo”

25 fevral

“Iftixor” – “Asaka”

“Toshloq” – VBO`FM

26 fevral

“Norin” – “Shahrixon”

“Andijon” – “Yozyovon”

FIMI – “O`zTongXongKo”

“Andijon-2000” – AVFIMI

27 fevral

“Asaka” – “Toshloq”

VBO`FM – “Iftixor”

28 fevral. Yarim final.

Guruhlar g`oliblari va guruhlarda ikkinchi o`rinni egallagan eng yaxshi jamoa o`zaro kuch sinashadi.

1 mart. Final.

 

Musobaqa bosh hakami Muzaffar Mamedov. Turnir Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi mas`ulligi ostida o`tkazilmoqda.

cola
apex
mib
mib
mib
mib