O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan mini-futbol bo`yicha Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilayotganligi haqida xabar berib o`tgandik.
Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqich o`yinlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan keyin Farg`ona viloyatida ham yakuniga etdi.
Musobaqada viloyatning barcha tumanlaridan 100ga yaqin jamoalar qatnashdi. Final uchrashuvlarida esa quyidagi natijalar qayd etildi:
11 yoshlilar: “Marg`ilon” – “Beshariq” - 1:0
12 yoshlilar: “Marg`ilon” – “Beshariq” - 1:2
13 yoshlilar: “Qo`shtepa” – “Qo`qon” - 2:1
14 yoshlilar: “Marg`ilon” – “Farg`ona” - 6:1
15 yoshlilar: “ Farg`ona ” – “Oltiariq” - 2:1
16 yoshlilar: “Marg`ilon” – “Farg`ona” - 2:2. Pen.bo`y. - 2:0
17 yoshlilar: “ Farg`ona ” – “Toshloq” - 3:2
Hal qiluvchi bahslarda g`olib chiqqan jamoalar Respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi.