O`zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni yakunlanmoqda

20.02.2018

O`zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni yakunlanmoqda

 

 

2018 yilgi O`zbekiston Chempionati va Kubogi bahslari uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o`tkazish jarayoni yakunlanmoqda.

 

Superliga, Pro-Liga va O`zbekiston Kubogi uchrashuvlarini bevosita stadionning o`zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o`z ro`yxati (“zayavka”lari)ni bugun, 20 fevral, soat 18.00ga qadar O`zPFL matbuot xizmati elektron pochtasiga (media@the-uff.com) jo`natishlari talab etiladi.

 

Akkreditatsiya “zayavkasi” namunasi va talablari bilan O`zPFL rasmiy saytining «Hujjatlar» bo`limidagi «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» faylini ko`chirib olish orqali tanishishi mumkin.

 

Ma`lumot o`rnida, 2013 yildan O`zPFL Matbuot xizmati tomonidan «Akkreditatsiyadan o`tkazish tartibi» ishlab chiqilgan bo`lib, unda jurnalistlarga akkreditatsiya berishda ular ishlaydigan OAVning muhimlik darajalari belgilab chiqilgan. Jumladan, O`zbekiston qonunchiligiga asosan ro`yxatdan o`tgan va kundalik tashrif buyuruvchilari soni 5000dan ortiq bo`lgan sportga ixtisoslashgan internet-nashrlarining muhimlik darajasi nisbatan yuqori hisoblanadi. 

 

 

Ta`kidlash lozim, ushbu mavsumdan boshlab, barcha turdagi akkreditatsiya kartalari faqat O`zPFL matbuot xizmati tomonidan beriladi.   

cola
apex
mib
mib
mib
mib