«O`FA Kubogi» tashkiliy qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi

20.02.2018

«O`FA Kubogi» tashkiliy qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun o`zaro memorandum imzolagani, mazkur memorandum asosida yurtimizdagi Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida futbol bo`yicha “O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Kubogi” musobaqalarini o`tkazish Nizomi tasdiqlanganligi haqida avval xabar berganmiz.

 

Bugun, O`FA majlislar zalida ushbu musobaqa tashkiliy qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda O`FA va O`zPFL  xodimlari, hududiy federatsiya rahbarlari, Oliy va maxsus-o`rta ta`lim vazirligi vakillari ishtirok etdi.

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Bosh kotibi S.Raxmatullaev, Professional Futbol Ligasi Bosh direktori O.G`afurov musobaqaning mohiyati, tashkil etish va o`tkazish qonun-qoidalari xususida gapirar ekan, mazkur musobaqani o`tkazishdan ko`zlangan maqsad yoshlarni ma`naviy boy va jismonan sog`lom etib tarbiyalash, ularning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tishini ta`minlash, yoshlarni sog`lomlashtirish uchun futbol o`yinlariga jalb etish, ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olib, turli terma jamoalarga tavsiya etishdan iborat ekanligini ta`kidlashdi.

 

 

«O`FA Kubogi» musobaqasi 3 bosqichda o`tkazilib, yakunda g`olib aniqlanadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlanadi. Musobaqaning 1-bosqichi shu yilning mart oyida boshlanib, unda hududlarda joylashgan Oliy o`quv yurtlari futbol jamoalari uy-mehmon tizimida bahs olib borishadi.

2-bosqich aprel oyida to`rt mintaqada tashkillashtiriladi. Unga ko`ra Namangan shahrida Andijon, Farg`ona va Namangan viloyatlari bo`yicha 1-bosqich g`oliblari o`zaro kuch sinashishsa, qolgan mintaqalar quyidagicha taqsimlangan: Samarqanda shahrida Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand, Urganch shahrida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm, Toshkent shahrida esa Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Toshkent shahri vakillari kurash olib borishadi.  

 

3-bosqich -  final qismi may oyida poytaxtda o`tkaziladi. Tabiiyki, unda 2-bosqich g`oliblari bosh sovrin uchun maydonga tushishadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib