Ayollar futzali: “Sevinch” birinchi davraning yakka peshqadami

19.02.2018

Ayollar futzali: “Sevinch” birinchi davraning yakka peshqadami

 

Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida besh kun davom etgan ayollar futzali bo`yicha mamlakat chempionatining birinchi davra o`yinlari nihoyasiga etdi.

Barcha raqiblarini yirik hisoblarda mag`lubiyatga uchratib, yuz foizli natija qayd etgan, bu yo`lda hatto chempionlikka da`vogarlardan sanalgan “Metallurg” jamoasini ham “ayab o`tirmagan” Qarshining “Sevinch” jamoasi birinchi davra yakuniga ko`ra yakka peshqadam bo`lib turibdi.

Turning asosiy uchrashuvi, avval xabar qilganimizdek, “Sevinch” va “Metallurg” jamoalari o`rtasida kechdi. O`yinning boshida maydonda saf tortgan va o`yinni boshlab bergan futbolchilarni go`yoki bir klubni ikkiga bo`lib, o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushirgandek tasavvur uyg`otardi. Sababi, “Metallurg” jamoasi sharafini himoya qilayotgan futbolchilar yaqin-yaqingacha “Sevinch” tarkibida to`p surishardi, “Sevinch”ning muvaffaqiyatlariga hissa qo`shishardi. Endi esa Qashqadaryo ayollar futbolida kamol va hurmat topgan qizlar bekobodliklar safida sobiq jamoadoshlariga, ta`bir joiz bo`lsa, sobiq “singillari”ga qarshi harakat qilishardi.   

To`risini aytganda, bekobodliklar safida o`ynagan “Sevinch”ning sobiq qizlari avvalgi xatti-harakatlarini yarmini ham ko`rsatib bera olishmadi. Texnik jihatdan tajribasi sezilib turgan bo`lsa-da, taktik va jamoaviy o`yinda, hatto jismoniy tayyorgarlik bo`yicha ham muxlislarda yaxshi taassurot qoldirmaganligi bor gap. “Sevinch”da esa aksincha, avvallari zaxira maydonida o`tirgan qizlar sobiq “opalari”ga nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashga intilishdi va buning uddasidan chiqishdi ham.

 

Chempionat boshida “Metallurg”da yangi ish boshlagan jamoa bosh murabbiyi Avaz Maqsumov tarkibni kuchli futbolchilar evaziga shakllantira olganligiga, maqsadlari faqat bosh mukofot ekanligiga urg`u bergandi. Yakunda esa buning aksi bo`lib chiqdi. “Metallurg” hattoki “Paxtakor” bilan kechgan o`yinda ham qiyinchilik bilan g`alaba qozondi.

Chempionat endi boshlandi. Oldinda hali yana ikkita davra o`yinlari bor. Balki chempionatning bo`lajak g`olib va sovrindorlari haqida hozircha xulosa qilmay turgan afzaldir...

15 fevral

 “Sevinch” – “Paxtakor” – 10:2

 “Metallurg” – AGMK – 18:0

16 fevral

 “Lokomotiv” – “Metallurg” – 1:6

AGMK – “Sevinch” – 1:22

17 fevral

 “Lokomotiv” – “Sevinch” – 1:6

 “Paxtakor” – AGMK – 11:2

18 fevral

 “Metallurg” – “Sevinch”  - 0:6

 “Lokomotiv” – “Paxtakor” – 3:5

19 fevral

 “Metallurg” – “Paxtakor” – 7:2

 “Lokomotiv” – AGMK – 17:0

1-davradan keyingi vaziyat:

1.”Sevinch”         4       4       0       0       44-4          12

2.”Metallurg”    4       3       0       1       31-9            9

3.”Paxtakor”      4       2       0       2       20-22          6

4.”Lokomotiv”   4       1       0       3       22-17          3

5.AGMK              4       0       0       4       3-68            0

 

Chempionatning ikkinchi va uchinchi davra o`yinlari 2-7 hamda 15-20 mart kunlariga belgilangan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib