O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan mini-futbol bo`yicha Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilayotganligi haqida xabar berib o`tgandik.
Maxsus futbol maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqich o`yinlari Namangan viloyatida o`z yakuniga etdi. Bundan bir oy avval mazkur musobaqaning to`rtta - 11, 13, 16 va 17 yoshlilar guruhlarida musobaqalar bo`lib o`tgani va g`oliblar aniqlanganini yozgan edik. Kuni kecha qolgan guruhdagi bahslar ham yakunlandi. E`tiboringizga barcha guruhlarning finali va unda qayd etilgan natijalarni havola e`tamiz.
Musobaqalar Namangan shahridagi “Barkamol Avlod”, “Pahlavon”, NOZSK, “Navbahor Umid”, “Yoshlik sport” majmualarida bo`lib o`gan musobaqalarda quyidagi jamoalar finalda g`alaba qozondi:
“Navbahor” – “Kosonsoy” 4:3 (11 yoshlilar)
“Barkamol” – “Navbahor” 2:2. Penalti 2:3 (12 yoshlilar)
“Namangan” – “Barkamol” 2:3 (13 yoshlilar)
“Barkamol” – “Navbahor” 5:3 (14 yoshlilar)
NOZSK – “Navbahor” 3:2 (15 yoshlilar)
“Namangan” – “Chortoq” 1:3 (16 yoshlilar)
“Navbahor” – “Kosonsoy” 2:3 (17 yoshlilar)