O`FFda olib borilgan islohotlarning navbatdagisi O`zbekiston Professional futbol ligasi logotipini zamon talablari darajasida yangilashdan iborat edi. Tanlov e`lon qilingach, O`zPFLga ko`plab mualliflardan turli ko`rinishdagi logotiplar kelib tushdi. O`zPFL qoshida tuzilgan maxsus komissiyaning xulosasiga ko`ra quyidagi logotip tanlab olindi va O`zPFLning rasmiy logotipiga aylandi.
Demak, mazkur logotip barcha professional klublar faoliyatiga joriy etiladi. Klublarning rasmiy xatida, sport kiyimida, stadion banneri va boshqa faoliyatida ushbu logotip aks ettiriladi.
Yaqin orada O`zPFLning rasmiy sayti ham yangicha ko`rinish olada va albatta, unda yangi logotip ham aks ettiriladi.