Ayollar futzali: “Lokomotiv” uchinchi o`ringa asosiy da`vogar

16.02.2018

Ayollar futzali: “Lokomotiv” uchinchi o`ringa asosiy da`vogar

 

Poytaxtning “Yoshlik” sport majmuasida ayollar futzali bo`yicha mamlakat chempionati davom etayotganligi haqida ma`lumot berganmiz. Bugun chempionat birinchi davrasining ikkinchi tur o`yinlari bo`lib o`tdi.

Kechagi bahslarda raqiblarini yirik hisoblarda mag`lub etgan “Sevinch” va “Metallurg” jamoasi har doimgidek bu yilgi chempionatda ham bosh sovringa asosiy da`vogar ekanliklarini isbotlashgandi. “Lokomotiv”ning birinchi turda dam olganidan kelib chiqib, uchinchi o`ringa da`vogarlik qiladigan jamoa nomini bashorat qilish qiyin edi.

Bugun “Lokomotiv” “Metallurg” bilan kuch sinashdi. Bekobodliklar harchand urinishmasin, birinchi bo`limning so`nggi daqiqasigacha raqib darvozasini ishg`ol qila olishmadi. “Temiryo`lchilar” garchi raqibalariga nisbatan texnik va taktik jihatdan farq qilsalarda, g`alabaga bo`lgan shijoati tufayli chiroyli o`yin namoyish etishdi. Yakunda baribir tajriba o`z so`zini aytdi – “Metallurg” g`alaba qozondi. “Lokomotiv” qizlari bu o`yinlari bilan bronza medalga da`vogarlik qilishlari mumkinligini isbotlashgandek bo`lishdi.

Ikkinchi o`yinda “Sevinch” AGMK jamoasini ayab o`tirmadi. Olmaliqliklar yirik hisobdagi mag`lubiyatdan u qadar fojea yasashmayapti, sababi ularning maqsadlari bugun shakllanish, ertaga esa munosib raqobatlashish.   

16 fevral

 “Lokomotiv” – “Metallurg” – 1:6

AGMK – “Sevinch” – 1:22

 

“Paxtakor” jamoasi dam oldi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib