Ertaga, poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal bo`yicha ayollar o`rtasidagi mamlakat chempionatiga start beriladi.
14-bor o`tkazilayotgan musobaqada beshta jamoa g`oliblik uchun kurashadigan bo`ldi. Bular – “Sevinch” (Qarshi), “Metallurg” (Bekobod), “Lokomotiv” (Toshkent), AGMK (Olmaliq) hamda “”Paxtakor” (Toshkent). Aslida ishtirokchilar soni 7-8tani tashkil etishi kutilgandi, biroq so`nggi pallalarda “Buxoro” va “Sho`rtan” jamoalari turnirda qatnashmasliklarini ma`lum qilishdi.
Uchrashuvlar taqvimi:
15 fevral
09.00 “Sevinch” – “Paxtakor”
10.30 “Metallurg” – AGMK
“Lokomotiv” jamoasi dam oladi.
16 fevral
09.00 “Lokomotiv” – “Metallurg”
10.30 AGMK – “Sevinch”
“Paxtakor” jamoasi dam oladi.
17 fevral
09.00 “Lokomotiv” – “Sevinch”
10.30 “Paxtakor” – AGMK
“Metallurg” jamoasi dam oladi.
18 fevral
10.30 “Metallurg” – “Sevinch”
12.00 “Lokomotiv” – “Paxtakor”
AGMK jamoasi dam oladi.
19 fevral
10.30 “Metallurg” – “Paxtakor”
12.00 “Lokomotiv” – AGMK
“Sevinch” jamoasi dam oladi.
Eslatib o`tamiz, ayollar o`rtasidagi futzal chempionatining oldingi 13 mavsumining barcha bosh sovrinlari “Sevinch” jamoasiga nasib etgan.
Mazkur chempionat o`yinlari shu yilning 2-12 may kunlari Tailand poytaxti Bangkokda o`tadigan ayollar futzali bo`yicha Osiyo chempionatida ishtirok etishi rejalashtirilgan terma jamoamizga nomzodlar tanlab olish imkoniyatini berishi bilan ham ahamiyatlidir. Tartib bo`yicha ikkinchi bor tashkillashtirilayotgan qit`a chempionatida ayollar terma jamoamizning sovrinli o`rinlardan joy olishiga e`tibor qaratilmoqda. 2015 yili Malayziyada bo`lib o`tgan ilk Osiyo chempionatida Avaz Maqsumov ustozligidagi terma jamoamiz guruhdan chiqa olmagandi.