Mini-futbol: Qoraqalpog`iston, Andijon va Sirdaryoda birinchi bosqich musobaqasi yakuniga etdi

13.02.2018

Mini-futbol: Qoraqalpog`iston, Andijon va Sirdaryoda birinchi bosqich musobaqasi yakuniga etdi

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilayotganligi haqida xabarlar berib boryapmiz.  

Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning birinchi bosqich o`yinlari  Qoraqalpog`iston Respublikasi, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida yakuniga etdi.

Dastlab, Qoraqalpog`iston Respublikasida bo`lib o`tgan musobaqa haqida.

Respublikaning to`rt mintaqasida tashkil etildi – Beruniy, Xo`jayli, Qo`ng`irot va Chimboy. 11 yoshlilar o`rtasidagi bahslarda 11ta jamoa, 12 yoshlilarda 12ta jamoa, 13 yoshlilarda 10ta, 14 yoshlilarda 13ta, 15 yoshlilarda 10ta, 16 yoshlilarda 11ta va 17 yoshlilar guruhida 7ta jamoa ishtirok etdi. 15 va 16 yoshlilar musobaqasining Chimboy mintaqasida, 17 yoshlilar o`yinlarida Beruniy, Qo`ng`irot va Chimboy mintaqalarida bor-yo`g`i bittadan jamoa saf tortdi, xolos. Final bahslariga Xo`jayli tumani mezbonlik qildi. Unda turli yosh toifalarida quyidagi jamoalar g`oliblikni qo`lga kiritishdi: U-11da Chimboy, U-12da Nukus tumani, U-13da  Qo`ng`irot, U-14da  Taxtako`pir, U-15da Taxiatosh, U-16da Shumanay va U-17da Nukus shahri yosh futbolchilari.

 

Sirdaryo viloyatining Guliston, Xavos va Yangier shaharlarida o`tkazilgan musobaqalarda quyidagi g`oliblar aniqlandi:

U-11da Sirdaryo tumani (8ta jamoa orasida) , U-12da Xavos (8ta), U-13da Xavos (8ta), U-14da viloyat Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktabi (8ta), U-15da viloyat Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktabi (7ta), U-16da Yangier futbol maktab internati (13ta) hamda U-17da Olimpiya zaxiralari kolleji (6ta jamoa) jamoalari g`oliblikni qo`lga kiritishdi.

 

 

Andijon viloyatida tashkil etilgan musobaqa yakuniga ko`ra quyidagi jamoalar faxrli birinchi o`rinni egallashdi:

U-11da Andijon shahar, U-12 va 13da Andijon shahar IBO`SM, U-14 va15da Xo`jaobod tuman BO`SM, U-16 va 17da  Buloqboshi tuman BO`SM jamoalari bosh sovrin sohibi bo`lishdi.

 

Avval qayd etganimizdek, musobaqani tashkil etishdan ko`zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar  va o`smirlar o`rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.  

  

Musobaqa davom etadi. Hal qiluvchi Respublika final bosqichi shu yilning dekabr oyiga belgilangan.

cola
apex
mib
mib
mib
mib