Avvalroq O`zbekiston Superligasida ishtirok etuvchi klublar marketing xodimlari tajriba orttirish uchun Yaponiyaga jo`nab ketishgani haqida xabar berilgan edi.
Ta`kidlash lozim, rejaga ko`ra, kecha Superliga klublari marketing xodimlari seminarga kirishdi. Ilk seminarda mutaxassislar Jey-ligada marketing, homiylarni jalb qilish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma`lumot olishdi va tajriba o`rganishdi.
Ushbu seminar doirasida marketing xodimlari bugun Yaponiya Superkubogi bahsini stadiondan tomosha qilishadi va uchrashuvning tashkil qilinish jarayoni bo`yicha tajriba to`plashadi.