“LOKOMOTIV” – “AL-VAXDA” (BAA).

07.02.2018

“LOKOMOTIV” – “AL-VAXDA” (BAA).

 

OChL. “V” guruhi. Toshkent.

“Lokomotiv” stadioni.  12 fevral. Soat 16.00.

  O`zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi - Toshkentning "Lokomotiv" klubi 12 fevral sanasida Osiyo chempionlar ligasi -2018 mavsumining guruh bosqich ilk tur o`yinini o`tkazadi.

 "Temiryo`lchilar" jamoasiga 1-turda BAAning etakchi klublaridan biri - Abu Dabining "Al Vahda" klubi raqiblik qiladi. Uchrashuv "Lokomotiv" stadionida soat 16:00da boshlanadi.

  Mazkur bahs poytaxtimizda milliy chempionat yangi mavsumining ilk o`yini bo`lgani bois uni yuqori saviyada, bayramona kayfiyatda tashkil etish  uchun katta tayyorgarlik ko`rilmoqda. 

 "Lokomotiv" mazkur o`yinga puxta tayyorgarlik olib bordi. Jamoa mavsum oldidan ikkita xorij yig`ini tashkil etdi. Dastlab, dekabr oyida BAAning Dubay shahrida mashg`ulotlar olib borilgan bo`lsa, so`ngra Turkiyaning Belek shahrida ikkinchi o`quv-mashg`ulot yig`ini tashkil etildi.     Jamoa yangi mavsum oldidan o`z safiga 7 nafar futbolchi qo`shib oldi. Tarkib sezilarli darajada kuchaytirildi. Klub chempionlar ligasi uchun jami 27 nafar futbolchini ro`yxatdan o`tkazdi. Ularning 4 nafari legioner futbolchilardir.

 O`yinni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam – Tojo Minoru. Unga qanotlarda hamyurtlari – Ochi Shinji hamda Takagi Takumi yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasini esa turkmanistonlik Chorimurot Qurbonov bajaradi. Hakamlar nazoratchisi – eronlik Inoyat Ma`sud. O`yinga komissar sifatida Gong konglik Chan Ka Chung tayinlangan.

 

 

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib