Hakamlarimiz Turkiyada yig`in o`tkazishadi

07.02.2018

Hakamlarimiz Turkiyada yig`in o`tkazishadi

 

Yangi mavsumga xorijda tayyorgarlik ko`rish tobora odat tusiga kiryapti. Bundan ko`zlangan maqsad, O`zbekistonda sovuq qish hukm surayotgan bir paytda Turkiya, BAA kabi mamlakatlarda havo ancha iliq, qor-yomg`ir muammoalari yo`q. Eng muhimi, dunyoning ko`plab mamlakatlarining nomdor klublari, hatto terma jamoalari ham shu erlarda jam bo`lishadiki, bu o`rtoqlik uchrashuvlari o`tkazish, tarkibni nazorat qilib olish imkonini beradi.

Bir qator etakchi klublarimiz bu yil Turkiyaga safar etishni lozim topishdi. Endi navbat hakamlarimizga ham keldi. O`FF qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutasaddilarining sa`y-harakatlari natijasi o`laroq 30 nafar hakamimiz o`n kunlik muddatda o`quv-mashg`ulot yig`inini o`tkazish maqsadida Turkiya davlatining Antaliya shahriga safarga otlanishmoqda.

10-20 fevral kunlariga belgilangan yig`inda 13 nafar Referilarimiz va 17 nafar Assistentlarimiz ishtirok etishadi. Xorij delegatsiyasiga O`FF Hakamlar va nazoratchilar  boshqarmasi boshlig`i Ma`murjon Saidqosimov rahbarlik qiladi. Amaliy va nazriy mashg`ulotlarni FIFA yo`riqchisi Farhod Abdullaev, jismoniy tayyorgarlik bo`yicha yo`riqchi Radik Xubbiev hamda koordinator Bobur Haydarov olib boradi.

Yig`in doirasida bir qator xorijiy mamlakatlar klublari ishtirokidagi o`rtoqlik uchrashuvlarini boshqarish bo`yicha hozirdan kelishuvlar boshlangan. Shulardan biri, 16 fevral kuniga Slovakiya va Tojikiston  mamlakatlarining 19 yoshgacha bo`lgan terma jamoalari o`rtasidagi o`yinni aynan o`zbekistonlik hakamlar boshqarishi bo`yicha taklif olingan.

Turkiya safarida ko`plab tajribali hakamlarimiz qatnashmayapti. Sababi, ularning aksariyati shu muddatlarda o`tadigan Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlariga jalb etilgan. Aytaylik, R.Ermatov boshchiligidagi J.Saidov, A.Rasulov, Sh.Qosimov guruhi 14 fevralda, V.Kovalenko rahbarligidagi R.Serazetdinov, A.Usmonov guruhi esa 21 fevralda Xitoyda o`tadigan OChL uchrashuvlarini boshqarishga taklif etilgan. I.Tantashev boshchiligidagi T.Gaynulin va A.Tsapenko guruhi 13 fevralda Maldiv orollarida o`tadigan OFK Kubogi bahslariga biriktirilgan. Ravshan Ermatovning ayni paytda Qatar poytaxti Doxa shahrida tashkillashtirilgan seminarda qatnashayotganini ham ma`lumot sifatida aytib o`tish joiz.

Yana bir gap, Turkiya safari oldidan ro`yxatga kiritilgan Aziz Asimovning safar oldidan xujjatlarida muammo paydo bo`lgani uchun uning o`rniga yana bir tajribali hakamimiz Hasan Ro`ziev boradigan bo`ldi.

Turkiyadagi yig`inda ishtirok etadigan hakamlarimiz:

Referilar

Zokirjon Qodirov              Navoiy

Viktor Serazitdinov          Toshkent

Vladislav Tseytlin              Toshkent

Hasan Ro`ziev                        Toshkent

Temurbek To`xtasinov          Andijon

Olimjon Tolibjonov        Toshkent

Axrol Risqullaev                Toshkent

Jasur Muxtorov                  Toshkent

Asker Najafaliev               Toshkent

Firdavs Norsafarov           Qashqadaryo

Olim To`ychiboev                  Farg`ona

Akobirxo`ja Shukurullaev  Toshkent

Rustam Lutfullin               Toshkent

Assistentlar

Ziyodullo Abdurahmonov      Andijon

Timur Galeev                        Toshkent

Aleksandr Sidorov              Toshkent

Rishat Nugmanov                   Toshkent

Sanjar Shoyusupov               Toshkent

Obid Jumaev                        Navoiy

Ruslan Samandarov              Navoiy

Mo`minjon Majidov            Namangan

Rasuljon Fozilov               Namangan

Aleksandr Burov                  Buxoro

Ravil Shayaxmetov                Toshkent

Artem Kalinin                     Qashqadaryo

Anvarjon Marajabov          Andijon

Ravshan Kapadze                    Farg`ona

Doniyor Saylavov                  Toshkent

Olimjon Abduvasilov         Toshkent

Husniddin Shodmonov          Buxoro.

Eslatib o`tamiz, shu yilning o`zida Antaliyada Tailand, Belarus, Qirg`iziston kabi davlatlarning hakamlari ham yig`in o`tkazishgan.                8 fevraldan 60 nafarli delegatsiyasi bilan rossiyalik hakamlar ham tashrif buyurishmoqda.

 

Hakamlarimiz Antaliyaga 10 fevral tongida Toshkent-Istambul-Antaliya yo`nalishi bo`yicha safarga otlanishadi.         

cola
apex
mib
mib
mib
mib