O`FF qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi hakamlarni yangi mavsumga tayyorlash maqsadida qator o`quv-mashg`ulot yig`inlari tashkil etayotganligi haqida avval xabar berganmiz. Yig`inlarning navbatdagisi 29 yanvardan 2 fevralgacha “Chig`atoy” sport bazasida bo`lib o`tdi.
39 nafar Superliganing yordamchi, Pro-liganing bosh va yordamchi hakamlari ishtirok etgan yig`inning jismoniy tayyorgarlik bo`yicha mashg`ulotlarini Radik Xubbiev, Yuliya Tarasovava va Baxtiyor Namozov, nazariy mashg`ulotlarini esa Vladislav Tseytlin, Baxtiyor Namozov, Arslon Xotamov hamda Marat Ismoilov olib bordi.
Bundan biroz avvalroq, 22-26 yanvar kunlari o`tkazilgan yig`in davomida 31 nafar ishtirokchidan 9 nafari talablarni bajara olmagandi: I.Gormashev, M.Mamatxonov (qisqa masofa – 40 m.ga yugurishdan), X.Otamurodov, J.Abdurazzoqov, A.Orzibekov, A.Jo`raxonov, H.Zulunov (interval test – 75x25m.ga yugurish) jismoniy tayyorgarlikdan, A.Sunnatov, K.Hasanov esa nazariy sinovlardan o`ta olishmagandi.
Bu galgi yig`indan ham “yiqilganlar” bor. 39 nafar ishtirokchidan bu safar 10 nafari ro`yxatdan tushirildi. Bular: Sh.Qayumov, O.Kallaxo`jaev, D.Ubaydullaev, M.Sherbo`taev, M.Karimov (30 m.ga yugurish), O.Umarov, H.O`rolov, G`.Mamasoatov, D.Rahmonov (Koda test – yonboshga yugurish), S.Hasanboev (Interval test).
Shu paytgacha o`tkazilgan yig`inlarda talablarga javob bera olmagan hakamlarga Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan mavsum oldidan yoki chempionat boshlangach, FIFA kunlari vaqtida yana imkoniyat berish masalasi ko`rilmoqda.
Yig`inda ishtirok etganlar:
Referilar
Igor Xudaydotov Toshkent
Naim Qosimov Qashqadaryo
Rahimbek Karimov Toshkent
Elyor Tursunov Buxoro
Akmal Rahimov Andijon
Ahmad Ergashev Toshkent
Shavkat Nasibullaev Namangan
To`rabek Suyunov Sirdaryo
Hasan Ro`ziev Toshkent
Ishaq Ibragimov Qoraqalpog`iston
Assestentlar
Andrey Snetkov Toshkent v.
Sultonmurod Ulfatov Toshkent v.
Bobur Qodirov Buxoro
Akbar Po`latov Toshkent
Shavkat Fayziev Jizzax
Sherzod Kamarov Samarqand
Sardor Hakimov Samarqand
Bektursun Kannazarov Qoraqalpog`iston
Javgazbay Sarinov Qoraqalpog`iston
Bahodir Baxromov Toshkent
Oybek Kallaxo`jaev Toshkent
Shoxruh Maqsudov Toshkent
Jamoliddin Najmiddinov Toshkent
Daler Tillaev Toshkent
Adham Rixsiboev Toshkent
Sherzod A`zamov Toshkent
Oybek Umarov Toshkent v.
Husniddin O`rolov Toshkent v.
Doston Rahmonov Sirdaryo
Sardor Hasanboev Sirdaryo
Shoxruh Qayumov Jizzax
Murodjon Sherbo`taev Jizzax
Mirmaqsud Karimov Toshkent
Baxtiyorxo`ja Shavkatov Toshkent
Eldor Tursunov Namangan
G`iyosjon Mamasoatov Surxondaryo
Rustam Choriev Surxondaryo
Husan Muzaffarov Toshkent
Doniyor Ubaydullaev Sirdaryo.
Navbatdagi yig`in ayollar futboli bo`yicha mart oyining ikkinchi o`n kunligida tashkillashtirilishi rejalashtirilmoqda. Undan oldin esa, aniqrog`i 22-24 fevral kunlari nazoratchilar o`rtasida o`quv-mashg`ulot yig`ini o`tkazish belgilangan.