Superliga, futzal va ayollar o`rtasidagi musobaqalar qur`asi tartibi

01.02.2018

Superliga, futzal va ayollar o`rtasidagi musobaqalar qur`asi tartibi

3 fevral kuni yangi mavsum Superliga bahslari uchun qur`a tashlash marosimi o`tkaziladi. Qur`a quyidagi tartibda bo`lib o`tadi.

Futbol bo`yicha O`zbekiston chempionati-2018 qur`asi

1. Taqvim izchil ko`rinishda tuzilgan bo`lib, ikkinchi davra bahslari 1-turda o`zaro o`ynaydigan klublarning “uy” – “safar” tizimida o`rin almashish ketma-ketligida boshlanadi va shunday davom ettiriladi.

2. O`yinlar tartibi “Berger” tizimi bo`yicha aniqlanadi.

3. Bir mintaqa klublari o`z uy o`yinlarini bir turda o`tkazmasligini inobatga olish zarur: “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Qo`qon-1912” – “Neftchi”, “Olmaliq” – “Metallurg”.

4. Agar bir mintaqada klublar soni 2tadan ko`p bo`lsa, u holda o`yinlar bir kunga suriladi.

5. “Uy” – “safar” tartibida mos kelmaydigan juftliklar raqami 1-7; 2-8; 3-9; 4-10; 5-11; 6-12.  

Qur`a tartibi:

Ishtirokchilar O`zbekiston chempionati-2017 yakuniy jadvalidagi o`rin bo`yicha tuzilgan reyting asosidagi 12ta shardan iborat savatchadan o`z raqamlarini tortishadi.

1. “Lokomotiv” o`z raqamini tortadi, “Paxtakor” raqamini avtomatik tarzda oladi.

2. “Olmaliq” o`z raqamini tortadi, “Metallurg” raqamini avtomatik tarzda oladi.

3. “Qo`qon-1912” o`z raqamini tortadi, “Neftchi” raqamini avtomatik tarzda oladi.

4. “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Buxoro”, “Qizilqum”, “So`g`diyona” o`z raqamlarini tortishadi.

5. Agar biror klub o`zidan oldingi ishtirokchi tortgan raqamlardan birini tortsa, o`sha raqam savatchadan olib tashlanadi va u klub boshqatdan yangi raqam tortadi.

Futzal.

Ushbu mavsumda Futzal bo`yicha O`zbekiston chempionatida Superligada ishtirok etuvchi 12ta klub futzal jamoalari ishtirok etadi.

O`tkazilish tartibi: Ushbu mavsumda jamoalar har biri 11ta turdan iborat 2 davrali tizimda ishtirok etishadi. Yangi reglamentga ko`ra, jamoalar ushbu mavsumda har bir turda o`zaro 2tadan uchrashuv o`tkazadi va mavsumda jami 44ta uchrashuvda maydonga tushadi.

Futzal bo`yicha O`zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qur`a tashlanadi.

Futzal jamoalari o`rtasida O`zbekiston Kubogi.

Futzal bo`yicha O`zbekiston Kubogi ushbu mavsumida Superliga klublaridan tashqari, shuningdek, Birinchi Liga klublari ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu mavsumda, jamoalar Kubok bahslarini birinchi bosqichda mintaqalarga bo`lingan holda boshlashadi.

Ushbu bahslarga keyinroq qur`a tashlanadi.

Ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati

Ayollar o`rtasida O`zbekiston chempionati ushbu mavsumida Superliga klublari qoshidagi 12ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 12ta turdan iborat ikki davralik tizimda o`zaro o`ynaydilar.

Yangi mavsumda jamoalar mintaqalarga qarab juftliklarga ajratiladi va har turda boshqa mintaqadagi juftlik bilan o`zaro almashgan holda bahs olib boradi. Juftliklar shuningdek, har bir davrada bir martadan o`zaro bahs olib borishadi.

Ayollar o`rtasidagi O`zbekiston chempionati ushbu mavsumiga keyinroq qur`a tashlanadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib