Mini-futbol: Respublika birinchiligi Farg`ona viloyatida ham boshlandi

01.02.2018

Mini-futbol: Respublika birinchiligi Farg`ona viloyatida ham boshlandi

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilayotganligi haqida ma`lumotlar berib borilmoqda. Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqa ayni paytda Farg`ona viloyatida davom etmoqda.

 

Viloyatning to`rt mintaqasida – Marg`ilon, Qo`qon, Farg`ona shaharlari va Uchko`prik tumani maydonlarida tashkil etilgan turnirlarda 11 yoshlilar guruhlari o`zaro bahs olib borishyapti. Aytaylik, Marg`ilon mintaqasida Marg`ilon tumanining 1-va 2-BO`SMlari, Qo`shtepa, Yozyovon, Toshloq tumanlari hamda Farovon BO`SM jamoalari g`oliblik uchun kurashmoqda.  

cola
apex
mib
mib
mib
mib