Osiyo chempioni nomini qo`lga kiritgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasini “Paxtakor” klubi mukofotladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Paxtakor" stadioni majlislar zalida bo`lib o`tgan marosimda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi Prezidenti, O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O`FA Ijroqo`m a`zosi, “Paxtakor” FK prezidenti Bobur Shodiev, chet el ishtirokidagi SFI Management Group MChJ bosh direktori Ulug`bek Muhamedov, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze, O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi mas`ullari, futbolchilar va murabbiylar ishtirok etishdi.
Osiyo chempionatida Vatanimiz nomini yuksaklarga ko`targan va mazmunli o`yin namoyish qilib, Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo`lgan futbolchilar va murabbiylarga “Paxtakor” FK prezidenti Bobur Shodiev tomonidan pul mukofotlari topshirildi.
"Paxtakor" futbol klubi o`zbek futboli yo`lida katta mehnat qilayotgan insonlarni hamisha hurmat qiladi va ularni qadrlaydi – deya xabar berdi Paxtakor klubi rasmiy sayti.