O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan ettita yosh toifadagi guruhda tashkil etilmoqda. Musobaqalarga birinchilardan bo`lib Namangan shahrida start berilganligi va qayd etilgan natijalar haqida ma`lumot berganmiz. Musobaqa 27-28 yanvar kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasida ham davom etdi.
Maxsus futbol maktab-internetlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqa Qoraqalpog`iston Respublikasining To`rtko`l (7ta jamoa), Beruniy (7ta jamoa) hamda Amudaryo (3ta jamoa) tumanlarida tashkillashtirildi.
Qiziqarli kechgan bahslarda yosh toifalari bo`yicha g`olib va sovrindorlar aniqlandi:
11, 12, 13, 14, 15 va 17 yoshlilar o`rtasidagi musobaqalarda To`rtko`l tumani BO`SMi, 16 yoshlilar o`rtasidagi bahslarda esa Beruniy tumani BO`SMi tarbiyalanuvchilari birinchi o`rinni egallashdi. Amudaryo tumanining BO`SM jamoasi faqatgina 17 yoshlilar o`rtasidagi o`yinlarda faxrli ikkinchi pog`onadan joy oldi, boshqa guruhlardagi ikkinchi o`rinlar ham aynan Beruniy va To`rtko`l tumani vakillariga nasib etdi.
Avval qayd etganimizdek, musobaqani tashkil etishdan ko`zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar va o`smirlar o`rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.