“Nasaf” OChL guruh bosqichiga chiqdi

30.01.2018

“Nasaf” OChL guruh bosqichiga chiqdi

Qarshining “Nasaf” klubi OChL pley-off bosqichida o`z maydonida Iordaniyaning “Al Faysaliy” klubini yirik hisobda mag`lub etdi va OChL guruh bosqichiga chiqdi.

Qarshi shahridagi Markaziy stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvda “Nasaf” to`liq ustunlik qildi va raqibini yirik hisobda mag`lub etdi – 5:1. Uchrashuvning birinchi taymida Igor Golban raqib darvozasiga gol urib “Nasaf”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo`lsa, ikkinchi taymda Ro`ziqul Berdiev jamoasi yana to`rtta gol kiritdi. “Al Faysaliy” uchrashuvning so`nggi daqiqasida jarima to`pidan hisobni qisqartira oldi va yakunda “Nasaf” 5:1 hisobida raqibini mag`lub etdi.

Ushbu g`alabadan so`ng, “Nasaf” OChL C guruhida Eronning “Persepolis”, Qatarning “As Saad” hamda BAA vakili “Al Vasl” klublariga qarshi to`p suradi.

OChL, pley-off bosqichi.

"Nasaf" (O`zbekiston) - "Al Faysaliy" (Iordaniya) 5:1

Gollar: Igor Golban (12), Bobur Abduxoliqov (49), Azizjon G`aniev (52), Dragan Cheran (61 penalti), Yosir Al Ravashdeh (86 avtogol) - Alban Meha 90+3.
Hakamlar: Xiryuki Kimura, Ochi Shinji, Takagi Takumi (
barchasi Yaponiya), Nasrullo Kabirov (Tojikiston)

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov - 55.Slavko Lukich, 22.Igor Golban, 92.Umar Eshmurodov, 14.Sharof Muhitdinov - 7.Odiljon Hamrobekov (8.Sanjar Rashidov, 80), 6.Azizjon G`aniev (5.G`olib G`aybullaev, 76) - 20.Islom Kenjaboev, 69.Dragan Cheran, 77.Jasur Hasanov (17.Doniyor Narzullaev, 70) - 10.Bobur Abduxoliqov.

"Al Faysali": 12. Abulayla Yazeed, 7. Ahmad Yusuf (10.Mahdi Alameh, 77), 11.Oday Zahran, 13.Halil Beniatiya, 17.Salem Al Ajaylin, 19.Bani Yaseen, 25.Yosir Al Ravashdeh, 30.Dominik Mendi (16.Ahmad Navaf, 84), 37.Mahmud Almardi, 77.Alban Meha, 99.Lukash Gikievich.

Ogohlantirishlar: Halil Beniatiya (18), Oday Zahran 36, Slavko Lukich (barchasi “Al Faysaliy”)

cola
apex
mib
mib
mib
mib