Futzal U-16: Buxoro chempion!

27.01.2018

Futzal U-16: Buxoro chempion!

 

11ta jamoa ishtirok etgan musobaqada barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratishning uddasidan chiqqan maydon egalari hal qiluvchi final bahsida jizzaxlik raqiblarini 7:2 hisobida engishib, turnir g`olibi bo`lishdi.

 

G`olib va sovrindor jamoalarga medallar, diplomlar va esdalik sovg`alarini viloyat hokimi o`rinbosari Jamol Nosirov, Kogon shahar hokimi Mirali Hamroev, viloyat sport boshqarmasi boshlig`i O`lmas Rashidov topshirdi. Buxoro jamoasining a`zosi Dilmurod Toshev turnir to`purari (18ta to`p) va eng yaxshi o`yinchisi deb topildi.

 

Barcha ishtirokchilar turnirni yuqori saviyada tashkil etgan mezbonlarga, jumladan, chempion jamoaning bosh murabbiyi, Kogon futbol maktabi direktori Furqat Xayrullaevga minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, Xayrullaev O`FFning tavsiyasiga ko`ra futzal bo`yicha 16 yoshli o`smirlar terma jamoasiga nomzodlarni aniqlab oldi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib