Futzal: Etti yosh guruhlarda Respublika birinchiligi start oldi

26.01.2018

Futzal: Etti yosh guruhlarda Respublika birinchiligi start oldi

 

 

O`zbekiston futbol Assotsiatsiyasining yillik taqvimida belgilangan Respublika birinchiligi 11 yoshdan 17 yoshgacha bo`lgan etti yosh guruhda tashkil etilmoqda. Musobaqalarga birinchilardan bo`lib Namangan shahrida start berildi.

Respublikaning barcha hududlaridagi Maxsus futbol maktab-internatlari, Olimpiya zaxiralari kolleji, Bolalar va o`smirlar futbol maktablari, Ixtisoslashgan bolalar va o`smirlar sport maktablari hamda Bolalar va o`smirlar sport maktablarining futbol tarbiyalanuvchilari o`rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning dastlabki bosqichi yanvar-fevral oylarida viloyatlar miqyosida o`tkazilsa, ikkinchi bosqichida viloyatlar g`oliblari o`zaro kuch sinashishadi va g`olibni aniqlashadi.

Musobaqani tashkil etishdan ko`zlangan maqsad mamlakatning barcha hududlarida bolalar  va o`smirlar o`rtasida mini-futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, O`zbekiston o`smirlar terma jamoasiga iqtidorli yoshlarni jalb qilishdan iborat.    

Namangan shahrida start olgan musobaqada 4 yosh guruhda g`oliblar aniqlandi. 11 yoshlilar guruhida “Navbahor” futbol klubi qoshidagi “Navbahor” BO`SMi, 13 yoshdagi guruhda Namangan shahrining “Barkamol” BO`SMi, 15 yoshlilar guruhida Chortoq tumani BO`SMi, 16 yoshlilar o`rtasidagi bahslarda esa Kosonsoy tumani BO`SMi muvaffaqiyat qozonishdi. Qolgan uch yoshdagi guruhlar musobaqasi fevral oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, bugundan Andijon va Xorazm viloyatlarida ham bellashuvlar boshlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib