Futzal U-16: Mezbonlar finalda

26.01.2018

Futzal  U-16: Mezbonlar finalda

 

Buxoro viloyati Kogon shahridagi BO`SM sport zalida 16 yoshli o`smirlar o`rtasida futzal bo`yicha mamlakat chempionatining birinchi finalchisi aniqlandi.

Yarim finalning birinchi o`yinida maydonga tushgan Buxoro va Qashqadaryo jamoalari o`rtasidagi uchrashuv keskin va murosasiz o`tganligi qayd etilgan natijadan-da ma`lum. O`yinning birinchi bo`limida O.Aminov ustozligidagi qashqadaryoliklar raqiblarini 5:2 hisobida mag`lubiyatga uchratishayotgandi. Ikkinchi bo`limda esa mezbonlar tashabbusni o`z qo`llariga olishdi va uchrashuvning asosiy vaqtida 6:6 hisobidagi durangga erishishdi. G`olib nomi penaltilar seriyasida hal bo`ldi. Bunda Furqat Xayrullaev shogirdlarining omadi keldi va buxoroliklar musobaqaning dastlabki finalchisiga aylanishdi.

 

Yarim finalning ikkinchi o`yinida Farg`ona va Jizzax viloyati vakillari o`zaro kuch sinashishadi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib