Buxoro viloyati Kogon shahridagi BO`SM sport zalida 16 yoshli o`smirlar o`rtasida futzal bo`yicha mamlakat chempionati o`tayotganligi haqida kunlik ma`lumotlar berib boryapmiz. Bugun musobaqaning chorak final o`yinlari o`tkazildi. Guruh o`yinlarida bo`lgani kabi, kuchli jamoalar bahslarida ham yirik hisoblar qayd etilmoqda.
Barcha uchrashuvlarda darvozalarga o`ndan ziyod to`plar kiritilmoqda. Mezbonlardan tashqari Jizzax, Farg`ona viloyati vakillari ham raqiblar darvozasiga to`plar shodalarini yo`llashdi...
Chorak final. 25 yanvar
Buxoro – Namangan – 8:3
Jizzax – Toshkent v. – 9:1
Surxondaryo – Farg`ona – 6:12
Qashqadaryo – Xorazm – 8:6
Yarim final. 26 yanvar
Buxoro – Qashqadaryo
Farg`ona – Jizzax
3-o`rin uchun va final. 27 yanvar.