Yurtimizda tashrif bilan bo`lib turgan Belgiya futbol federatsiyasi Texnik bo`lim boshlig`i Kris van Puyvelde bugun O`zbekiston chempioni – "Lokomotiv" futbol klubida bo`ldi.
Kris van Puyvelde "Lokomotiv" stadioni va klub qarorgohida bo`lib, u erda yaratilgan shart-sharoit, "Lokomotiv" futbol klubining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Suhbat davomida u klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, stadionga muxlislar tashrifini oshirish, yosh futbolchilar tarbiyalash tizimimini yanada takomillashtirish bo`yicha o`z taklif va tavsiyalarini berdi.