O`FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

05.01.2018

O`FF prezidenti Umid Ahmadjonov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi

5 yanvar kuni O`zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi maxsus ishchi guruh Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi va “So`g`diyona” stadionidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Umid Ahmadjonov akademiya tarbiyalanuvchilar bilan uchrashib,suhbat davomida yosh charm to`p ustalaridan ularga qanday sharoit yaratilganligi haqida ma`lumot oldi va kelajakda ulardan bo`lajak futbol yulduzlari etishib chiqishigaishonch bildirdi.

Shuningdek, O`FF prezidenti ayollar jamoasi  mashg`ulotlariga ham tashrif buyurib,ularning faoliyati bilan ham tanishdi. Qolaversa, O`FF prezidenti “So`g`diyona” sport majmuasida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Umid Ahmadjonov“So`g`diyona” PFK qarorgohini ham ko`zdan kechirdi. Mavsumga qizg`in tayyorgarlik ko`rayotgan Aleksandr Mochinov boshchiligidagi futbolchilar mashg`ulotlarni kuzatdi va futbolchilar bilan suhbatlashdi. O`FF prezidenti “So`g`diyona” endilikda yuqori o`rinlar uchun kurashuvchi raqobatbardosh jamoaga aylanishi lozimligi ta`kidladi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib