Murod Xolmuhammedov: “Endi har bir ochko oltinga teng bo`ladi”

04.01.2018

Murod Xolmuhammedov: “Endi har bir ochko oltinga teng bo`ladi”

2017 yilda “Qo`qon-1912” jamoasi safiga kelib qo`shilgan Murod Xolmuhammedov o`zining ishonchli o`yinlari orqali jamoa muvaffaqiyatlariga munosib hissa qo`sha oldi. Klub rasmiy saytiga bergan intervyusida futbolchi yangi format, normativlar hamda yangi islohotlar haqida fikr bildirdi.

– 2018 yilda chempionat formati o`zgardi. Endi superligada 12 ta jamoa o`ynaydi. Bu o`zgarishga sizning munosabatingiz qanday?

– Jamoalar sonining 12 ta bo`lishi chempionat saviyasini oshishiga sabab bo`ladi. Endi har bir o`yin, har bir ochko oltinga teng bo`ladi, deb o`ylayman. O`zbekiston chempionatida nechta jamoa ishtirok etishini O`FF hal qiladi. 12 jamoa bo`lgani yaxshimi yoki 16 ta bo`lgani yaxshimi buni vaqt ko`rsatadi. Yakuniy xulosaga kelishga shoshilmagan ma`qul.

– Futbolchilardan endi jismoniy testlar olinishiga fikringiz?

To`g`risini aytsam, O`FFning jismoniy testlar borasidagi qarorini hech bir futbolchi kutmagan edi. Federatsiya rahbarlari o`zbek futbolining rivojlanishini xohlayotgani yaqqol sezilmoqda. Jismoniy testlarga keladigan bo`lsak, mening fikrim kim qanaqa jismoniy kuchga ega bo`lsa, shu holicha qoladi. Jismoniy testlar kimnidir jismoniy jihatdan kuchaytiradi, deb o`ylamayman. Lekin biz futbolchilar o`zimizga qo`yilgan talablarni bajarishga harakat qilamiz.

– O`FF klublar oldiga jiddiy talab qo`ymoqda. “Qo`qon1912”  bunday talablarga tayyormi ? Nima deb o`ylaysiz ?

 

– O`ylashimcha, “Qo`qon-1912” klubi stadionining holati hozirgi talablarga javob bermaydi. Buni hamma biladi. Lekin xavotirga o`rin yo`q. “Markaziy” o`yingohda ta`mirlash ishlari boshlandi. Jamoamiz O`FF talab qilgan qarorlarni to`liq bajara oladi, deb aniq ayta olaman.

Manba: kokand1912.uz

cola
apex
mib
mib
mib
mib