Professional futbol klublari o`rtasidagi 2018 yilgi futbol bo`yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi

29.12.2017

Professional futbol klublari o`rtasidagi 2018 yilgi futbol bo`yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi

O`zbekistonning professional futbol klublari o`rtasidagi 2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamenti tasdiqlandi. Undan O`FF hamda PFL bayrog`i ostida o`tadigan musobaqalar tuzilishi, formati, qatnashuvchi klublarga qo`yiladigan talablar o`rin olgan bo`lib, diqqatga sazovor jihati – 2018 yil uchun reglament oldingi yillardagidan butkul farq qiladi.

2018 yil uchun futbol bo`yicha musobaqalar reglamentidagi talablar oldingi yillardagidan ancha o`zgardi va takomillashtirildi. Endilikda O`zbekiston Superligasida ishtirok etadigan klublar o`z tuzilmasida oldingi yillardagi kabi faqat ayollar jamoasigagina emas, balki futzal jamoasiga ham ega bo`lishi lozim.

Eng asosiy o`zgartirishlardan biri bu, format bilan bog`liqdir. Ushbu mavsumda Superliga jamoalari ikki bosqichda, dastlab ikki davradan iborat uyda va safarda tizimida bahs olib borishadi. Ikkinchi bosqichda esa, jamoalar o`z o`rinlaridan kelib chiqib, 6ta jamoadan yana ikkita guruhda maydonga tushadilar.

Shuningdek, Superliga klublarining yoshlar jamoalari U-14, U-16, U-18 yoshgacha futbolchilar o`rtasidagi mamlakat birinchiligida ishtirok etishadi. Ilgari ushbu yosh toifalarida O`zbekiston birinchiliklari o`ktazilgan emas. PRO-liga yoshlar jamoalari esa U-14 va U-16 toifalarida o`zaro bahs yuritishadi.

Reglamentga kiritilgan yana bir muhim o`zgarishlardan biri – Superligada o`yinlar vaqtining endi 18:00dan keyin boshlanishidir. PRO-ligada hamda O`zbekiston kubogi o`yinlari esa 17:00dan keyin start olishi ko`zda tutilgan.

Yana O`zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari endi 5 nafargacha xorijlik futbolchilarni 4+1 formatida ro`yxatdan o`tkazish imkoniga ega bo`lishadi. So`nggi yillarda chempionatimizda "legioner" darvozabon o`ynashi mumkin emas edi. Endi klublar xorijlik darvozabonlar bilan ham shartnoma imzolashlari mumkin bo`ladi.

Qolaversa, klub tizimida ishlaydigan hodimlar borasida ham aniq lavozimlar bo`yicha qanday ishchilar faoliyat olib borishi reglamentda ko`rsatib o`tildi.

 

Ushbu reglamentni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib