Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o`quv-seminarida ishtirok etishdi

22.12.2017

Superliga klublarining shifokorlari Dohada maxsus o`quv-seminarida ishtirok etishdi

O`zbekiston Superligasi ishtirokchi klublari shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida tashkil etilgan maxsus o`quv-seminarda ishtirok etishdi. 

 O`FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Assotsiatsiyasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o`rtasida imzolangan memorandum doirasida bo`lib o`tgan mazkur o`quv-seminari 2 kun davom etdi va unda “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o`zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo`llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog`lig`ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo`lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma`lumot berishdi.

 - Bunday seminar tashkil etilganidan juda mamnun bo`ldik. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari bizga sport tibbiyoti sohasidagi so`nggi yangiliklar hamda futbolchilarning sog`lig`ini nazorat qilish borasida kerakli tavsiyalarni berishdi. O`z malaka va ko`nikmalarimizni yanada boyitib olish imkoniga ega bo`ldik, - dedi “Lokomotiv” PFK bosh shifokori Abror Pirriev.

 Ta`kidlash joiz, 20–21 dekabr kunlari bo`lib o`tgan seminarda qatnashgan shifokorlar ertaga yurtimizga qaytib kelishadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib