O`zbekiston Superligasi shifokorlari Doha shahridagi “Aspetar” sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida o`tkaziladigan o`quv-seminarda ishtirok etish uchun bugun, 19 dekabr kuni Turkiya orqali Qatarga yo`l oldi.
O`quv-seminar 20–21 dekabr kunlari bo`lib o`tadi. Seminar davomida “Aspetar” tibbiyot markazi mutaxassislari o`zbekistonlik shifokorlariga sport tibbiyotida qo`llanilayotgan yangi vositalar, davolash uslublari, futbolchilarning sog`lig`ini nazorat qilib borishda ahamiyat berish kerak bo`lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma`lumot beradi.
Eslatib o`tamiz, ushbu seminar shu yilning 17 oktyabr kuni O`FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Qatar Futbol Assotsiatsiyasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad at-Taniy o`rtasida imzolangan memorandum doirasida tashkil etilmoqda.