Superliga klublari futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo`yicha sinovlar topshirishmoqda

19.12.2017

Superliga klublari futbolchilari jismoniy tayyorgarlik bo`yicha sinovlar topshirishmoqda

Superliga klublarida ishtirok etadigan futbolchilarning jismoniy holati O`zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar berib o`tgandik.

Mazkur test-sinovlari tizimi O`zbekiston Futbol Federatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik guruhi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, tasdiqlangan reja asosida mavsum davomida uch marotaba o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Superliga klublari futbolchilaridan quyidagi test-sinovlari olinmoqda:

1. 30 metrga yugurish
2. Turgan joyidan uzunlikka sakrash
3. 7x50 metrga yugurish
4. "Yo-Yo" test 

Kecha "Olmaliq" klubi a`zolari jismoniy tayyorgarlik bo`yicha sinovlar topshirdi. Ushbu sinovlarda Olmaliq klubidan jami 29 nafar futbolchi test topshirdi. O`FF Texnik direktori Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar guruhi tomonidan o`tkazilgan testlar natijalari klublarga taqdim etiladi. Superliga klublari ushbu test natijalari asosida futbolchilar holatini nazorat qilib borishadi.

Qolgan jamoalar quyidagi jadval bo`yicha test-sinovlardan o`tishadi:

"Mash`al" - 20.12.2017

"Qo`qon-1912" - 21.12.2017

"Navbahor" - 22.12.2017

"Tsementchi" - 23.12.2017

"Metallurg" - 25.12.2017

"Buxoro" - 25.12.2017

"Paxtakor" - 26.12.2017

"Bunyodkor" - 26.12.2017

"Qizilqum" - 27.12.2017

"Nasaf" - 28.12.2017

"Lokomotiv" - 29.12.2017

cola
apex
mib
mib
mib
mib