“Neftchi” FK bosh murabbiyi Vadim Abramovning keyingi faoliyati to`g`risida

18.12.2017

 “Neftchi” FK bosh murabbiyi Vadim Abramovning keyingi faoliyati to`g`risida

O`zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bo`limining klublar boshliqlari va murabbiylariga nisbatan belgilangan talablarni so`zsiz ijro etish va Ommaviy axborot vositalarida O`zbekiston futbol federatsiyasi hamda O`zbekiston professional futbol ligasi  tomonidan qabul qilingan  qarorlarni noto`g`ri talqin qilinishi holatlarini oldini olish maqsadida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo`mitasi Byurosining 2017 yil 16 dekabrdagi 9-sonli qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorda bayon etilishicha, O`zbekiston futbol federatsiyasi Intizom kodeksining 5.41-bandiga binoan, O`FF va O`zPFL hamda ularning rasmiylari sha`niga nisbatan noto`g`ri fikrlar bildirganligi, O`zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlar bo`yicha keng jamoatchilik o`rtasida nosog`lom fikrlar vujudga kelishiga sabab bo`layotganligi uchun,  O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Intizom kodeksi 2-bo`limining “d” kichik bandiga muvofiq, “Neftchi” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov nomuayyan muddatga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug`ullanishdan chetlashtirildi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib