2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

15.12.2017

2017 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida 14 dekabr kuni futbol bo`yicha 2017 yilning yakunlariga bag`ishlangan “Eng yaxshilari”ni taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Marosimda O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, federatsiya Ijroqo`mi a`zolari, O`zbekiston Jismoniy tarbiya va sport Davlat qo`mitasi raisi Rustam Qurbonov, milliy chempionatda ishtirok etayotgan klublar rahbarlari, murabbiylar, futbolchilar, akademiyalar tarbiyalanuvchilari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida shou-dastur bilan birga yilning eng yaxshilariga mukofotlar topshirildi. Taqdirlanganlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

“O`zbek futboli rivojiga hissa qo`shayotgan eng yaxshi chet ellik murabbiy” – Shota Arveladze (“Paxtakor”). Mukofotni klub Bosh direktori Dmitriy Adisman qabul qilib oldi. 

“Eng yaxshi yoshlar jamoasi”, Yoshlar ligasi g`olibi – “Bunyodkor” FK

 

“Eng yaxshi futbol akademiyasi” – “Nasaf”

 

“Fair Play” sovrini – “Qo`qon-1912” jamoasi

 

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” – Lyudmila Karachik (“Metallurg-W”)

 

“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” – Igor Chikrizov (“Paxtakor”)

 

“Yilning eng yaxshi futzalchisi” – Konstatin Sviridov (“Olmaliq”)

 

“Yilning eng yaxshi muxlislar jamoasi” – “Qo`qon-1912” jamoasi muxlislar klubi

 

“Yilning eng yaxshi klubi” – “Lokomotiv” PFK

 

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” – Ro`ziqul Berdiev (“Nasaf”)

 

“Yilning eng yaxshi futbolchisi” – Marat Bikmaev (“Lokomotiv”)

cola
apex
mib
mib
mib
mib