Qarshi shahrida Oliy Liga klublari qoshidagi futbol maktablarining 1999–2000 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari o`rtasida O`zbekiston Birinchiligi final bosqichi o`z yakuniga etdi.
5-o`rin uchun kelgan o`yinda “Buxoro” tarbiyalanuvchilari “Mash`al” vakillarini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Yarim final uchrashuvlarida “Nasaf” va “Neftchi” mos ravishda raqiblari “Paxtakor” va “Lokomotiv”ni mag`lubiyatga uchratib, finalga yo`llanma oldi.
Uchinchi o`rin uchun bahsda “Lokomotiv” va “Paxtakor” asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o`ynadi. Penaltilar seriyasida esa “Paxtakor” vakillari 5:4 hisobida ustun kelishdi.
Final bellashuvida esa “Nasaf” va “Neftchi” tarbiyalanuvchilari o`zaro kurash olib bordi va yakunda qarshiliklar 2:0 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.
Eslatib o`tamiz, “Nasaf” klubining 2003–2004 yillarda tug`ilgan tarbiyalanuvchilari noyabr oyida o`tkazilgan O`zbekiston Birinchiligida g`olib bo`lgan edi.
11 dekabr, dushanba
5-o`rin uchun bahs
“Buxoro” (Buxoro )– “Mash`al” (Muborak) 1:0
Yarim final
“Nasaf” (Qarshi) – “Paxtakor” (Toshkent) 0:0 (penaltilar bo`yicha 5:3)
“Lokomotiv” (Toshkent) – “Neftchi” (Farg`ona) 1:3
13 dekabr, chorshanba
3-o`rin uchun bahs
“Paxtakor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent) 2:2 (penaltilar bo`yicha 5:4)
Final
“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg`ona) 2:0