PFL Bosh direktori Omon G`ofurov OChL finalini stadiondan kuzatadi

23.11.2017

PFL Bosh direktori Omon G`ofurov OChL finalini stadiondan kuzatadi

Xabaringiz bor, 25 noyabr shanba kuni Yaponiyaning Saytama shahridagi “Saytama 2002” o`yingohida Osiyo Chempionlar ligasining ikkinchi finali bo`lib o`tadi. Unda Yaponiyaning “Urava Red Daymonds” jamoasi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki final bahsi 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etgan.

Mazkur uchrashuvni FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi o`zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi. Zaxira hakami Ma`mur Saidqosimov. Darvoza ortidagi hakamlar Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashev.

Mazkur final bahsini bevosita stadiondan kuzatib borish uchun O`zbekiston Professional Futbol Ligasi bosh direktori Omon G`ofurov OFK taklifiga ko`ra Yaponiyaga jo`nab ketdi.

PFL bosh direktori Yaponiyada OChL finalini kuzatib borishdan tashqari Yaponiyaning Jey-ligasi (J League) rahbariyati bilan uchrashuv ham o`tkazishi ko`zda tutilgan.

Uchrashuv davomida O`zbekiston Futbol Federatsiyasi va Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi o`rtasidagi kelishuv asosidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari Olim Arifov ham ayni paytda Yaponiyada bo`lib turibdi.

 

Ertaga 24 noyabr kuni Tokio shahrida OFK Musobaqalarni o`tkazish qo`mitasining yig`ilishi bo`lib o`tadi. Olim Arifov mazkur yig`ilishda ishtirok etadi. Yig`ilishda yil davomida OFK nomidan o`tkazilgan  musobaqalar haqida hisobotlar tinglanadi. Shuningdek, 2019-2022 yillar davomida o`tkaziladigan musobaqalar rejasi, jumladan, 2019 yil BAAda bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik masalalari ko`rib chiqiladi. Bundan tashqari, kelasi yili Malayziya va Indoneziya davlatlarida bo`lib o`tadigan Osiyo Chempionati U-16 va U-19 musobaqalariga doir masalalar muhokama qilinadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib