“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo`mitasi qarori

21.11.2017

“Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidagi holat yuzasidan PFL Tartib-intizom qo`mitasi qarori

O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qo`mitasi 19 noyabr kuni, Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionida bo`lib o`tgan “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng, stadiondagi muxlislar va “Paxtakor” klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov o`rtasida yuz bergan voqeani o`rganib chiqdi.

O`yindan so`ng, Aleksandr Lobanov maydonni tark etar ekan, “Nasaf” klubi muxlislari uning sha`niga noloyiq so`zlarini yo`llab, haqorat qilishgan. "Paxtakor" darvozaboni esa bunga noo`rin harakatlar bilan javob qaytargan. Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo`mitisi tomonidan o`rganib chiqilgach, futbolchi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi “Paxtakor” klubi 50 000 000 (ellik million) so`m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

O`z navbatida, “Nasaf” klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so`m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo`lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanadi. Jumladan, "Nasaf" klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o`tkazadi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib