Buxoro shahrida Oliy va Birinchi Liga klublari qoshidagi futbol maktablari tarbiyalanuvchilari o`rtasida O`zbekiston Birinchiligining final bosqichi o`z yakuniga etib bormoqda.
Bugun, 6 noyabr kuni 2003–2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar o`rtasidagi bahslarning 7–8 hamda 5–6 o`rinlar uchun o`yinlar va yarim final bellashuvlari bo`lib o`tdi. Quyida natijalar bilan tanishing:
6 noyabr, dushanba
7–8 o`rinlar uchun bahs
“Uz-Dong-Ju” (Andijon) – “Dinamo” (Samarqand) 6:7
5–6 o`rin uchun bahs
“Qo`qon-1912” (Qo`qon) – “Neftchi” (Farg`ona) 4:2
Yarim final
“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent) 1:3
“Nasaf” (Qarshi) – “Bunyodkor” (Toshkent) 2:2 (5:3 penaltilar seriyasi bo`yicha)
Ertaga, musobaqaning barcha sovrindorlari ma`lum bo`ladi. “Bunyodkor” 3 o`rin uchun “Buxoro” bilan kuch sinashsa, “Paxtakor” finalda “Nasaf”ga qarshi bahs olib boradi.
7 noyabr, seshanba
3 o`rin uchun bahs
“Bunyodkor” (Toshkent) – “Buxoro” (Buxoro)
Final
“Paxtakor” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)