“Nurafshon” futbol klubi O`zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo`mitasining qaroriga ko`ra, futbol bo`yicha 2017 yilgi O`zbekiston Birinchiligi qatnashchilari safidan chiqarildi.
“Nurafshon” PFK 27-tur doirasidagi “NBU-Osiyo”ga qarshi bahsga hamda 35-tur doirasidagi “Norin” klubiga qarshi bahslarga tashrif buyurmagani hamda “Nurafshon” PFK direktori D. Karimovning moliyaviy etishmovchiliklar to`g`risida yo`llagan maktubiga asosan Birinchi Ligadan chetlashtirildi.
Musobaqa reglamentining 4.26 bandiga asosan “Nurafshon” futbol klubi taqvimdagi o`yinlarning yarimidan ko`pini o`tkazib bo`lganligi sababli qolgan o`yinlarda jamoaga texnik mag`lubiyat, uning raqiblariga esa texnik g`alaba yoziladi. Klub xodimlari va futbolchilariga esa boshqa futbol klublari qaydnomasiga musobaqalar reglamenti asosida ro`yxatga kiritilish uchun ruxsat beriladi.