Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

24.10.2017

Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

“Metallurg”ga qarshi o`yinda o`zini tajovuzkor tarzda tutgani uchun maydondan chetlatilgan “So`g`diyona” jamoasi futbolchisi I. Toshpo`latov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va 1 million so`m miqdorida jarimaga tortildi.

“G`allaorol” jamoasi bilan o`yin vaqtida jamoadoshiga nisbatan ochiqchasiga haqoratli so`zlar ishlatgan “Yangier” klubi futbolchisi N. Davlatov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

“Nasaf”ga qarshi o`tgan Yoshlar Ligasi o`yinida maydonda o`zini tajovuzkor tarzda tutgani uchun maydondan chetlatilgan “Dinamo” klubi o`yinchisi B. Isroilov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib