2017 yil 21 oktyabr kuni futbol bo`yicha O`zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo`qon-1912” (Qo`qon) – “Navbahor-Lochinlar” (Namangan) o`yinida “Navbahor-Lochinlar” futbolchisi Oybek Qilichevning raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlari O`zbekiston Futbol Federatsiyasining Intizom qo`mitasi hamda Ijroiya Qo`mitasi Byurosi tomonidan o`rganib chiqildi. Yig`ilishlarda Oybek Qilichev O`FF Intizom qo`mitasi tomonidan 2017 yil 12 aprelidagi 2-sonli va 24 mayidagi 5-sonli qarorlariga ko`ra, unga nisbatan qo`llanilgan intizomiy choralar va tayinlangan jarimalardan to`g`ri xulosa chiqarilmagani ta`kidlandi.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo`mitasi Byurosi o`z qaroriga muvofiq Oybek Qilichevga 10 million so`m jarima tayinlab, uni 1 yil muddatga futbolchilik faoliyatidan chetlatdi.
O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo`mitasi Byurosining qarori matbuotda e`lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.