O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzoladi

17.10.2017

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzoladi

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti  Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko`ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.

Qatarda bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida tomonlar O`zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O`zbekiston va Qatar federatsiyalari o`rtasidagi o`zaro tajriba almashinuvini yo`lga qo`yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo`yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo`lga qo`yish kabi masalalarni muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Shayx Hamad bin Halifa O`zbekiston Futbol Federatsiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to`g`risidagi memorandumini imzoladilar.

Ushbu memorandum ikki federatsiyaning turli toifadagi jamoalariga o`quv-mashg`ulot yig`inlarini o`tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o`quv kurslari, seminar va konferentsiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar sport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o`rtasida o`rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo`yicha ham hamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.

“Bu memorandum va kelishuvdan juda ko`p narsa kutyapman”, - deydi Umid Ahmadjonov O`FF matbuot xizmatiga. “Chunki, memorandum faqatgina futbol o`yinida ishtirok etadigan mutaxassislar bilan bog`liq emas. Bu kelishuv futbol boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etadigan boshqaruv apparatiga ham bevosita taalluqlidir. Zero, ushbu memorandum O`zbekiston Futbol Federatsiyasi xodimlariga menejment, marketing va reklama faoliyati, sport tibbiyoti, futbolda jismoniy tayyorgarlik va texnikaviy yo`nalishni aniqlab olish, ta`lim va tadqiqotlar kabi sohalarda Qatarda o`qish va malaka oshirish imkoniyatini yaratib beradi. Bu esa bizga kadrlar bilan bog`liq masalalarni ijobiy hal qilish imkonini beradi”.

Qatar safari Umid Ahmadjonovning O`FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinsi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib