Oliy Liga 23-turidan o`rin olgan “Navbahor” (Namangan) – “Paxtakor” (Toshkent) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida yuzaga kelgan mojaro yuzasidan “Navbahor” futbol klubi rahbariyati favqulodda yig`ilish o`tkazdi.
Yig`ilishni “Navbahor” klubi direktori Nosir Sultonov o`tkazdi va unda yuzaga kelgan mojaro sabablari o`rganilganligi haqida majlis ishtirokchilariga axborot berdi. Nosir Sultonov o`z ishiga mas`uliyatsizlik bilan yondoshgan klubning ayrim hodimlariga nisbatan tegishli choralar ko`rilganini ta`kidladi. Majlisdan so`ng “Navbahor” futbol klubi O`FF hamda O`zPFL nomiga tushuntirish xati yo`lladi. Xatda bu kabi holatlar yuzaga kelmasligini kafolatlanadi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 23-turi doirasida 1 oktyabr kuni bo`lib o`tgan “Navbahor” hamda “Paxtakor” klublari o`rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mojaro yuzaga kelgan. Uning natijasida tufayli “Navbahor” futbol klubiga nisbatan intizomiy choralar ko`rilgani va 10 million so`m miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar berilgan edi.