Oliy Liga 23-turidan o`rin olgan «Navbahor» (Namangan) – «Paxtakor» (Toshkent) uchrashuvidan keyin matbuot anjumanida yuz bergan mojaro tufayli «Navbahor» futbol klubiga nisbatan intizomiy chora qo`llandi.
Taqdim etilgan videolavha va har ikki klubdan olingan tushuntirish xatlariga asosan, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi Tartib-intizom kodeksi 5-modda, 1-bo`lim, 5.9 bandiga muvofiq «Stadionda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni ta`minlab bermagani» hamda 5-modda, 4-bo`lim, 5.57 («O`zPFL Tartib-intizom qo`mitasi tomonidan tekshirilishi shart bo`lmagan holatlarda jarima qo`llashi mumkin») bandiga ko`ra «Navbahor» klubi 10 million so`m miqdorida jarimaga tortildi va shunga o`xshash holat takrorlansa yanada qattiqqo`l choralar qo`llanishi haqida ogohlantirildi.
Shuningdek, shunga o`xshash vaziyat yana takrorlansa, «Navbahor» matbuot kotibi Shavkat Sodiqov va xavfsizlik bo`yicha ofitser Bahodir Rahmonovning egallab turgan lavozimi ko`rib chiqilishi haqida qaror chiqarildi.